Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga 200 tonna mandarin sovg‘a qildi

Foto: REUTERS / Peongyang Press Corps/Pool
Janubiy Koreya hukumati mamlakat prezidentiga tuhfa qilingan delikates qo‘ziqorinlarga javob tariqasida Shimoliy Koreyaga 200 tonna mandarin jo‘natdi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
“Mandarinlar hozir g‘arq pishgani va Shimoliy Koreyada kam uchrashi sababli tanlandi”, deb aytgan Janubiy Koreya prezidenti vakili.
Mevalar ortilgan yuk samolyotlari Chejudo orolidan jo‘natilgan. Samolyotda Janubiy Koreyaning milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Chxon Xe Son va prezidentning ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha kotibi So Xo ham bo‘lgan.
Mandarinlar 20 ming qutiga joylanib, 4 ta partiyaga bo‘lingan. Har bir partiya uchun 4 tadan samolyot tayyorlangan
20 sentabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inga 2 tonna matsutake navidagi qo‘ziqorin tuhfa qilgan. Ushbu sovg‘a Shimoliy Koreyadagi yaqinlari bilan hali birlashmagan oilalarga ulashilgan. Shuningdek, Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbiga Shimoliy Koreyada olingan pxunsan zotidagi ikkita it sovg‘a qilgan.

Mavzuga oid

13:16 / 01.08.2025
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025
Vatanning go‘yo bir parchasi: Koreyadagi o‘zbek mahallasidan reportaj

07:30 / 30.07.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

20:16 / 18.07.2025