Minskda «Sharq ziyokori» va «Belkniga» o‘rtasida hamkorlikka doir kelishuv imzolandi

«Sharq» hamda «Mashhur press» nashriyotlari vakillari Belarus Respublikasida bo‘lib, XXVI Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi faoliyatida mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida «Shark ziyokori» MChJ va «Belkniga» OAJ o‘rtasida kitob almashuviga doir kelishuv imzolandi.
Minsk shahridagi «Drujba» kitob do‘konida Belarusda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda Belarus jamoatchiligi vakillari ishtirokida "O‘zbekiston adabiyoti" bo‘limi ochildi.
Shuningdek, mazkur tadbirga bag‘ishlangan «Yozuvchi va zamon» xalqaro adabiyotchilar simpoziumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan «Jahon adabiyoti» jurnali muharriri Ahmadjon Meliboyev va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Risolatxon Haydarova ishtirok etishdi. Simpozium turli mamlakatlardagi mualliflarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Meliboyeva tadbirda chiqish qilib, ishtirokchilar e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasi oldida turgan global chaqiriqlarga qaratdi.
Mavzuga oid

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025