OAV: Pokiston Hindistonga poyezd qatnovini vaqtincha to‘xtatdi

Foto: IANS
Pokiston hukumati Hindistonga haftada ikki bor qatnaydigan Samjhota Express poyezdi harakatini noma'lum muddatga to‘xtatdi. Bu haqda Pokiston TIVga tayanib Doon gazetasi xabar berdi.
Pokiston tashqi siyosat mahkamasining bayonotida aytilishicha, "Dushanba va payshanba kunlari Lohur (Pokiston) va Attari (Hindiston) shaharlari o‘rtasida qatnovchi poyezd harakati xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan qayta yo‘lga qo‘yiladi".
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. The Times of India nashrining xabar berishicha, Hindiston Jammu va Kashmir shtatidagi harbiy garnizonlariga yonilg‘i to‘ldirilgan 500ta avtosisterna jo‘natgan. Yonilg‘i harbiy texnika va samolyotlar uchun mo‘ljallangan.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkush Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya kolonnasi oldida o‘zini portlatgandan keyin keskinlashdi. Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Terakt oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Shundan keyin Hindiston Pokistonni terrorchilik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Islomobod bu ayblovlarni “asossiz” deb rad etgan va Nyu-Dehliga teraktni birgalikda tergov qilishni taklif qilgan.
Mavzuga oid

16:21 / 29.04.2025
Hindiston Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilarning uylarini yer bilan bitta qildi

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

08:00 / 29.04.2025
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

00:58 / 29.04.2025