Eron portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi

Foto: wnobserver
Eronning Xormuzg‘on viloyatidagi Shahid Rajaiy portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda İRNA axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Trend nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, kema shvartovka qilish (bog‘lab qo‘yish) vaqtida to‘ntarilib cho‘ka boshlagan.
Mehr nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 90 metrlik kemaga mineral va sanoat tovarlari, jumladan kaliy xlorid, kalsiy karbonat, mis konsentrati yuklangan 153 ta konteyner ortilgan bo‘lgan.
Voqea oqibatida ekipajning 14 a'zosidan 3 nafari jarohat olgan.
Mavzuga oid

18:15 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

15:24 / 27.04.2025
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025