2018 yilning eng chiroyli qog‘oz pullari ma'lum qilindi

Foto: Bank of Canada
Xalqaro banknota jamiyati dunyoning 2018 yildagi eng chiroyli qog‘oz pullari nomini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Kanadada irqchilikka qarshi kurashgan qora tanli tadbirkor Viola Desmond tasviri tushirilgan 10 dollarlik kupyura “2018 yil banknotasi” deb topildi.
Ikkinchi o‘ringa Shveytsariyaning 200 franklik kupyurasi loyiq ko‘rildi.
Uchinchi o‘rin Norvegiyaning 500 kronli qog‘oz puliga nasib etdi.
To‘rtinchi o‘ringa jahon chempionatiga bag‘ishlab chiqarilgan Rossiyaning yuz rubllik puli joylashgan bo‘lsa, beshinchi o‘rindan Sulaymon orollarining 40 dollarlik kupyurasi joy oldi.
2017 yilda Shveytsariyaning 10 franklik kupyurasi yil banknotasi deb topilgandi.
Mavzuga oid

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

21:24 / 13.05.2025