Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarder Uorren Baffett yangi rekord o‘rnatdi

Foto: Scott Morgan / Reuters
Berkshire Hathaway kompaniyasi sohibi va dunyoning eng mashhur investorlaridan biri Uorren Baffett o‘zi bilan tushlik qilish huquqini rekord qiymatga sotishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi Economic Times.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘z shaxsini sir tutishni istagan boyvachcha Baffett bilan tushlik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun xayriya kimoshdi savdolarida 4,57 million dollar to‘lagan. Tushlikning o‘ziga xos jihati shuki investorga biznesga oid kelgusi rejalaridan tashqari har qanday savolni berish mumkin.
Ma'lumki, Uorren Baffett 2000 yildan buyon har yili o‘zi bilan tushlik qilish huquqini sotib keladi va tushgan mablag‘ni xayriyaga sarflaydi. Bu aksiya doirasida eng kam mablag‘ 2001 yilda 18 ming dollar to‘langan bo‘lsa, oldingi rekord 2012 va 2016 yillarda qayd etilgan – 3,45 million dollar.
Baffett nafaqat sayyoramizning eng badavlat odamlaridan biri (bugungi kundagi boyligi 81,5 milliard dollar), balki eng katta xayr qiluvchilarning yetakchisi hamdir.
Bundan oldin u o‘z boyligining 99 foizini hayotligida yoki vasiyati orqali xayriyaga sarflashini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almashtirmoqchi.
Jahon | 11:15
-
Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi
Jamiyat | 10:54
-
Isroilda G‘azo shahrini nazorat ostiga olish ma’qullandi
Jahon | 10:43
-
«Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik» – Alisher Qodirov
O‘zbekiston | 10:38
Mavzuga oid

07:26 / 24.06.2021
«O‘yin qo‘shimcha vaqtga o‘tdi» – 90 yoshli Uorren Baffett yana 4,1 milliard dollar xayriya qilganini e'lon qildi

00:22 / 01.09.2020
Bill Geyts Uorren Baffettni 90 yoshi bilan antiqa uslubda tabrikladi

16:56 / 11.07.2020
Ilon Mask badavlat insonlar ro‘yxatida Uorren Baffettdan o‘tib ketdi

00:15 / 15.06.2020