Muxolifat yetakchisi Omurbek Babanov Qirg‘izistonga uchib keldi

Omurbek Babanov / Foto: Sputnik
Qirg‘iziston muxolifat partiyasi yetakchisi Omurbek Babanov mamlakatga qaytdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bishkek vaqti bilan soat 14:40da muxolifatchi parvoz qilgan reys Bishkekdagi «Manas» aeroportiga qo‘ngan.
«Sputnik Qirg‘iziston» xabariga ko‘ra, aeroportda bir necha yuz kishi to‘plangan.
Babanov aeroportdan chiqib kelganda, olomon uni xursandchilik bilan kutib olgani aytilmoqda.
Bundan oldin, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati agar Omurbek Babanov Qirg‘izistonga qaytsa, unda u qonun doirasiga muvofiq javobgarlikka tortilishini bildirgandi.
Avvalroq, Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanishi xabar qilindi.
Mavzuga oid

18:20
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:09
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025