Toshkentda «Tasanno-2019» xalqaro milliy taomlar festivali o‘tkazildi (foto)
24 sentabr kuni Toshkentdagi Lotte City Hottel Tashkent Palace mehmonxonasida «Tasanno-2019» xalqaro milliy taomlar va madaniyatlar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Festivalda turli xalqlarning milliy taomlari, madaniyat va san'at namunalari namoyish qilingan.
«O‘zbekistonda millatlararo tinchlikni ta'minlashda bu kabi festivallarni o‘rni katta. Sababi, turli millat vakillari tomonidan bir-birining urf-odatlarini o‘rganish, madaniyati va san'ati bilan tanishish ular o‘rtasida o‘zaro hurmatning oshishiga ham xizmat qiladi.
E'tibor bergan bo‘lsangiz, festivalda turli millat vakillari xuddi bir oila vakillaridek, xursandchilik bilan ishtirok etmoqda», deydi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari G‘ayrat Shukurov.




Festival yakunida hakamlar hay'ati ishtirokchi davlat elchixonalari tomonidan qilingan ko‘rgazmalarni baholadi. Unga ko‘ra, Xitoy elchixonasi 3-o‘rin, Isroil elchixonasi 2-o‘rin, Latviya elchixonasi 1-o‘rin va Indoneziya elchixonasi festival g‘olibi sifatida Gran-priga sazovor bo‘ldi.



Ma'lumot uchun, «Tasanno» xalqaro milliy taomlar va madaniyatlar festivali 2004 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Mavzuga oid

14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

09:53 / 30.01.2025
Hindistonda festivaldagi tiqilinch kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

15:42 / 14.01.2025
Hindistonda eng yirik festival boshlandi. Unga 400 mln kishi tashrifi kutilmoqda

09:44 / 07.09.2024