Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri sudga majburan olib kelindi

Isakov Bishkek IESini modernizatsiyalashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aybdorlardan hisoblanadi.
Korrupsiyada ayblanayotgan Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isakov majburiy tarzda sudga olib kelindi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma'lum qildi.
"Sapar Isakov 11 mln dollar zarar yetkazilgani to‘g‘risida xulosa bergan ekspertlar so‘roq qilinmasdan, ayblanuvchilar so‘roq qilinishidan norozi. U vaqtinchalik saqlash kamerasidan chiqishni istamadi. Bugun kuch ishlatish yo‘li bilan Sapar Isakovni sudga olib borishdi. Bu vazifani davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari bajarishdi. Qonunchilikka ko‘ra esa, sudga majburan olib kelish sud ijrochilarining vazifasi hisoblanadi", - dedi Jooshev.
Isakov Bishkek IESini modernizatsiyalashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha aybdorlardan hisoblanadi.
Isakovdan tashqari, yana bir sobiq bosh vazir Jantoro Satibaldiyev, sobiq energetika vaziri Osmonbek Artikbayev va boshqa amaldorlar korrupsiyada ayblanib hibsga olingan. Ular Xitoy kompaniyasi bilan shartnoma tuzishda davlatga 111 mln dollar zarar yetkazishda ayblanmoqda.
Mavzuga oid

21:02
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52