Iroq o‘z hududida amerikalik harbiylarning faoliyatiga cheklov qo‘ydi

Abdul Karim Xalaf
Iroq o‘z hududida AQSh harbiy kuchlarining faoliyatini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Iroq qurolli kuchlari qo‘mondonligi rasmiy vakili Abdul Karim Xalaf ma'lum qildi.
"Yuz bergan oxirgi voqelardan so‘ng Iroq hududida Amerika kuchlari faoliyatini cheklashga qaror qilindi. Amerika tomoni bundan xabardor qilindi. Ular faqatgina Iroq tomonining roziligi bilan harakat qilishi mumkin, ammo orqadan berilgan bunday zarbadan keyin biz albatta ularning ishlashini cheklaymiz", - dedi u.
Xalaf shuningdek, o‘ldirilgan Eron generalining harakatlanishi, xususan, uning Damashqdan Bag‘dodga uchib kelishi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi. U shaxsan Donald Trampning topshirig‘i bilan amalga oshirilgan operatsiya natijasida halok bo‘ldi.
Mavzuga oid

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025