Xitoy qurol sotish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi

Foto: Taavi Arus / Delfi
Xitoy qurol sotish bo‘yicha Rossiyani quvib o‘tdi va AQShdan keyin jahonda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Bu haqda Stokholm tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIPRI) tomonidan e'lon qilingan hisobotda ma'lum qilindi.
Hisobot 2015 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ilgari shaffoflik yo‘qligi bois SIPRI jahon qurol bozoridagi eng yirik 100 kompaniya reytingiga Xitoy kompaniyalarini kiritmasdi.
Endilikda institut ekspertlari Xitoydagi uchta korporatsiyaning 2015-2017 yillarga oid moliyaviy ma'lumotiga ega bo‘ldi. Ushbu kompaniyalar tomonidan jami 54,1 mlrd dollarlik qurol sotilgan.
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, unda keltirilgan raqamlar pasaytirilgan.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

14:45 / 28.04.2025
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

00:46 / 28.04.2025
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025