Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda gigant pandalar bog‘i omma uchun ochildi

Foto: AFP| Getty Images
Xitoyning Chendu shahrida karantindan so‘ng, pandalar hayvonot bog‘i faoliyati qayta tiklandi, deb xabar bermoqda China Daily nashri.
24 yanvar kuni omma uchun yopilgan gigant pandalar turmushini tadqiq etish va ularni saqlash maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi Chendudagi hayvonot bog‘i qayta ish boshladi.
Ayni paytda Xitoyda favqulodda holat to‘rt bosqichda amal qilmoqda. Chendu shahri joylashgan Sichuan provinsiyasi xavflilik darajasini ikkinchidan uchinchiga tushirgani sababli, shahardagi ko‘plab jamoat maskanlari faoliyati qayta tiklanmoqda. Ammo mamlakat hanuz birinchi darajadagi xavfli hududlar mavjud.
Sichuandagi vaziyat biroz yumshaganiga qaramay, xavfsizlik choralari saqlanib qolmoqda: masalan, hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni bir kunda 5 ming kishidan ortmasligi kerak. Shuningdek, jamoat maskaniga kirishda tashqi belgilarga ko‘ra nosog‘lom deb topilgan shaxslarga ichkariga kiritilmaydi.
Mavzuga oid

22:14
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025