Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonald's Singapurdagi barcha restoranlarini yopishga qaror qildi
Amerikaning McDonald's korporatsiyasi Singapurdagi tez ovqatlanish tamaddixonalari tarmog‘i faoliyati to‘xtatilganini e'lon qildi. Bu haqda kompaniyaning Facebook sahifasida e'lon joylandi.

Foto: AFP
"Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq hamda koronavirus tarqalishining oldini olish choralari sifatida barcha chakana savdo 19 apreldan 4 mayga qadar tugatiladi", - deyiladi bayonotda. Ushbu qaror yetkazib berish xizmati hamda "McAuto"ga ham tegishli ekani ochiqlangan. O‘tib borayotgan haftada korporatsiyaning Singapurdagi 7 xodimi koronavirusni yuqtirgani xabar qilingan edi.
Umuman, Singapurda koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 6 mingga yaqinlashmoqda. Sog‘ayganlar soni 740 kishini tashkil etmoqda. Pandemiya munosabati bilan 7 apreldan 4 aprelgacha qisman karantin choralari e'lon qilingan edi. Bu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan va davlatning barqaror turmushini ta'minlash uchun zarur bo‘lmagan barcha korxonalar yopilishini nazarda tutadi.
Bundan tashqari, maktablar va oliy o‘quv yurtlaridagi mashg‘ulotlar masofaviy ta'limga o‘tkazilgan. Shu bilan birga, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, sartaroshxonalar ishlashda davom etmoqda. Kafe va restoranlar taomlarni yetkazib bermoqda, xolos. Shahar bo‘ylab harakatlanish taqiqlanmadi, jamoat transporti va taksi faoliyatini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

21:16 / 21.07.2025
Indoneziya politsiyasi chaqaloq savdogarlari tarmog‘ini fosh qildi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

15:01 / 24.05.2025