Amurdagi «Gazprom» ishchilari isyon ko‘tardi. Ular orasida o‘zbeklar ham bor
Region prokuraturasi saytida xabar qilinishicha, holat yuzasidan xorijlik ishchilarning mehnat huquqini buzish fakti bo‘yicha tekshiruv qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan “Bezorilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Amur oblastida «Renessans Xevi Indastris» kompaniyasi ishchilari uch oydan buyon maosh olmaganliklari sababli isyon ko‘tardi. Kompaniya «Gazprom» pudratchisi bo‘lib, Amurdagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishtirok etmoqda. Baza telegram-kanali voqea joyidan yozib olingan videolavhani taqdim etdi.
Lavhada o‘ndan ortiq ishchilar eshiklarni tepib, texnikalarni sindirayotgani aks etgan. Videoda eshitilgan “Ur, sindir” degan so‘zlardan ularning o‘zbeklar ekanligini anglash mumkin. Isyonchilarni tinchlantirish uchun maxsus militsiya otryadi jalb etilgan.

Region prokuraturasi saytida xabar qilinishicha, holat yuzasidan xorijlik ishchilarning mehnat huquqini buzish fakti bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Shu bilan birga, tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan “Bezorilik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu keyingi oyda «Gazprom» pudratchilarining ikkinchi marta isyon ko‘tarishidir. Aprelda Yoqutistondagi Chayandin konidagi ishchilar karantindagi turmush sharoitlaridan norozi bo‘lib isyon ko‘targandi.
Mavzuga oid

22:17 / 11.05.2025
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi

18:26 / 11.05.2025
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025