Narimon Umarov Senat qo‘mitasi raisi etib saylandi
Narimon Umarov Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Mazkur Qo‘mita raisligiga senator Nariman Majitovich Umarov nomzodi taklif etildi.
«N.Umarov salohiyatli, tajribali, mulohazali, mehnatsevar va talabchan inson. U Hukumat idoralari, jamoat tashkilotlari va siyosiy tashkilotlar, jumladan, parlamentdagi ko‘p yillik samarali faoliyati bilan xalqimiz va jamoatchilik orasida yetarlicha obro‘-e'tibor qozongan.
Majlisda senatorlar Nariman Majitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qildilar», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025