Fotoreportaj: Toshkentda O‘zbekiston bayrog‘i kuni arafasida yarimmarafon o‘tkazildi
Bugun, 15 noyabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan «Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz» shiori ostida yarimmarafon tashkil etildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, marafon ishtirokchilari Toshkent shahrining Oybek va Nukus ko‘chalarida joylashgan «Shox Med Center» klinikasidan «Humo Arena» muz saroyigacha bo‘lgan 3 km masofani bosib o‘tishdi.
Musobaqada erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni «Asakabank» xodimi Alimardon Sobirov, 2-o‘rinni Jahon iqtisodiyoti diplomatiya universiteti qoshidagi litsey o‘qituvchisi Sarvar Umirov, 3-o‘rinni Toshkent shahar IIBB tezkor vazifalarni bajarish safarbarlik otryadi xodimi Sobir Zokirov egalladi.
«Humo Arena» muz saroyi oldida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida alohida sovrinli o‘rinlar, shuningdek, «Eng yosh ishtirokchi», «Eng keksa ishtirokchi», «Eng faol ishtirokchi» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tadbirning ikkinchi qismida gala-konsert tashkillashtirildi, retro va zamonaviy avtomobillar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025