Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga direktor tayinlandi
Hukumatning tegishli qarori bilan Farrux Rahimovich Sharipov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farrux Sharipov 1969 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik shifoxonasi shifokor-xirurgi vazifasidan boshlagan.
Keyinchalik 1-son Samarqand klinik shifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boshlig‘i, Toshkent viloyati 1-son klinik shifoxonasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas'ul lavozimlarda ishlagan.
U shu kungacha Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025