«Oqibati yaxshilik bilan tugamaydi». Lavrov Ukraina borasida keskin bayonot berdi
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya barcha javobgar tomonlarga Ukraina hukumatining militaristik kayfiyatini ko‘taruvchi qadamlarni qo‘ymaslikni maslahat beradi.

Sergey Lavrov / Foto: AP
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina rahbariyati o‘z reytingini tiklash uchun «o‘ylamasdan harakat qilishi», buning «oqibati yomon bo‘lishi» mumkin deb hisoblamoqda.
«Menimcha, 2014 yildan saboq chiqarilishi kerak edi. Afsuski, hozircha unday bo‘lmadi», – dedi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya barcha javobgar tomonlarga Ukraina hukumatining militaristik kayfiyatini ko‘taruvchi qadamlarni qo‘ymaslikni maslahat beradi.
«Bu yaxshilik bilan tugamasligi mumkin, chunki Kiyevning hozirgi rejimi o‘z reytingini tiklash uchun o‘ylamasdan harakat qilishi mumkin», – dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
U shuningdek, AQSh Ukrainada nima qilayotgani to‘g‘risidagi savol ochiq qolayotganini aytdi.
«Rossiya Federatsiyasi Ukraina chegarasida nima qilyapti degan savollar berilmoqda. Javob juda oddiy: biz shunday yashaymiz, bu bizning mamlakatimiz. Ammo Qo‘shma Shtatlar o‘z hududidan minglab kilometr uzoqda, Ukrainada o‘z kemalari, harbiy xizmatchilari bilan nima qilyapti, bu savol hozircha ochiq qolmoqda», – dedi Lavrov.
Mavzuga oid

08:58
Kiyevga dronlar hujumi: kamida 18 kishi jarohatlandi

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025