Maktabgacha ta'lim boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Foto: KUN.UZ
Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Yulduz Xo‘jayeva bugungi kunda tizimda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to‘xtaldi.
Yu.Xo‘jayevaning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, viloyatda 856 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga 156 586 nafar bola qamrab olingan bo‘lib, ushbu tashkilotlarda 16 016 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda.
Jami 1 364 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga 43 724 nafar bola qamrab olingan bo‘lib, 2973 nafar pedagog tomonidan tarbiyalanuvchilarga ta'lim-tarbiya berib kelinmoqda.
74 ta xususiy MTTda 6 316 nafar bola bo‘lib, mazkur tashkilotlarda 566 nafar pedagog faoliyat yuritadi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i viloyatdagi mavjud MTTlarga kadrlar yetishmasligi haqida alohida to‘xtaldi. Anjuman davomida Kun.uz muxbiri MTTga daxldor murojaatlar yuzasidan boshqarma boshlig‘idan munosabat oldi.
Tadbir doirasida jurnalist va blogerlar Farg‘ona shahridagi bir nechta MTT faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid

00:16
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

10:07 / 31.12.2021
Ukrainaga chindan Lenin asos solganmi – Putinning matbuot anjumani haqida ekspertlar nimalar dedi?

12:44 / 29.08.2021
Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Farg‘onada 600 nafar bolaning xatna to‘yini o‘tkazdi

16:28 / 01.09.2020