Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar o‘tkazildi
AQSh musulmonlari jamoasi va pravoslav yahudiylar ishtirokida Vashington markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Anadolu Agency
Vashington markazida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun AQShning 100dan ortiq tashkilotlaridan odamlar to‘plandi.
Mitingda AQSh musulmonlari jamoasi va pravoslav yahudiylari ishtirok etishgan.
Namoyishchilar Linkoln yodgorligiga Falastinning bayroqlari va falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar yozilgan plakatlar bilan to‘plangan.
Norozilik harakatlari «Falastinga ozodlik!», «Bir kun Falastin ozod bo‘ladi!» shiorlari ostida o‘tgan.
Namoyishchilar Isroilga qarshi sanksiyalar va yahudiy davlatiga qurol yetkazib berishga embargo joriy etishni, mamlakatlar o‘rtasidagi erkin savdo shartnomasini bekor qilishni va Isroil hukumati tomonidan amalga oshirilgan aholi punktlari faoliyatiga chek qo‘yishni talab qilgan.
Shuningdek, Vashington va Linkoln yodgorligi orasidagi hududda namoyishchilar tomonidan Falastinning yuzlab bayroqlari ko‘tarilgan.
Avvalroq, 21 may kuni Isroil va Falastinning HAMAS tashkiloti o‘rtasida Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:49 / 01.08.2025
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025