Bo‘ston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Bugun, 24 avgust xalq deputatlari Bo‘ston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqib Bo‘ston tumani hokimi lavozimiga Qo‘rg‘ontepa tumani “El rizqi non” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari vazifasida ishlab kelgan Sanobar Nosirova nomzodini tavsiya etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, S.Nosirova Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
Sanobar Nosirova 1970 yil Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1992 yilda Andijon paxtachilik instituti, 2005 yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida “G‘allabank” Qo‘rg‘ontepa tumani filiali boshqaruvchisi, “Buyuk turon invest” kredit uyushmasi ijrochi direktori, “Yagona hamkor nuri” MChJ rahbari sifatida ishlagan. 2016 yildan hozirgi vaqtga qadar “El rizqi non” MChJ rahbari bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, joriy yilning iyul oyi oxirlarida Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi. Mamitova 2020 yil 4 mart kunidan Bo‘ston tumani hokimi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Bo‘ston tumanida besh yilda to‘rtinchi hokim almashmoqda. Bundan avval Abdurashid Ma'mirov (2017 yilda tayinlangan), Inomjon Mamadaliyev (2019 yil) va Sadbarxon Mamitova (2020 yil) ushbu tumanda hokimlik qilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida
Jahon | 18:18
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini o‘qitishni pulli qilish taklif etildi
Jahon | 18:16
-
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
O‘zbekiston | 17:41
-
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

08:09 / 14.01.2024
Andijonda gazballoni omborida yong‘in chiqdi

19:10 / 08.12.2023
Bo‘ston tumanidagi tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi

17:16 / 22.12.2022
Andijonda bulduruq hodisasi kuzatilmoqda (foto, video)

15:35 / 05.12.2022