Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi fuqaroni haqoratli so‘zlar bilan so‘kdi

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi haqoratli so‘zlarni aytgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirda voqea Chimboydagi mashina yuvish shoxobchalarining birida bo‘lganini ko‘rish mumkin. Unda YPX xodimi navbatsiz xizmat mashinasini yuvdirmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 16 dekabr kuni Chimboy tumanida yuz bergan. Chimboydagi mashina yuvish shoxobchalarining birida YPX inspektori Amanbay Atao‘bayev o‘z boshqaruvidagi davlat raqami 95 776 VSF bo‘lgan xizmat mashinasini yuvdirmoqchi bo‘lgan.
Inspektor bilan shu yerda turgan tanishi bo‘lgan fuqaro o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Ushbu holat 3-shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan.
Hozirda xodimning xatti-harakatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid

18:08 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning yana ikkita tumanida jazirama tufayli bog‘chalar yopildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

21:08 / 11.06.2025