Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxtor Ablyazov o‘zini Qozog‘istondagi namoyishlar yetakchisi deb e’lon qildi
Xorijdagi qozog‘istonlik bankir Muxtor Ablyazov respublikadagi namoyishlar va muxolifat yetakchisi ekanini e’lon qildi.

Foto: Globallookpress
«Bank Turan Alem» (BTA Bank) sobiq rahbari, hozirda Parijda istiqomat qiluvchi Muxtor Ablyazov o‘zini mamlakatdagi muxolifat va norozilik namoyishlari yetakchisi, deb e’lon qilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ablyazovga ko‘ra, Olmaotadagi namoyishchilar undan har kuni qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma olyapti.
«Har kuni namoyishchilar menga qo‘ng‘iroq qilib: “Nima qilishimiz kerak? Biz shu yerda turibmiz, endi nima qilaylik, deb so‘rashmoqda», degan u.
Ablyazovning fikricha, agar G‘arb jarayonga aralashmasa, Qozog‘iston Belorussiyaga aylanadi va Putinning SSSRni tiklash dasturi amalga oshadi.
Avvalroq, sobiq bankir o‘zining bosh qarorgohi Kiyevda, o‘zi esa Parijda yashashini, biroq u Qozog‘istonga qaytib, “muvaqqat hukumat”ni boshqarish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
U namoyishlarni muvofiqlashtirish uchun G‘arbdan mablag‘ olmaganini ta’kidlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ablyazov 2010 yildan beri Fransiyada yashaydi. Muxolifatchiga aylanishiga Qozog‘iston energetika va savdo vaziri lavozimidan mahrum qilingani sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, u uyushgan jinoiy guruh tuzish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, sudga tortilgan va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq bir yildan so‘ng G‘arbning “demokratik hamjamiyati” bosimi ostida ozodlikka chiqarilgan.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Ablyazov xorijga ketishdan oldin Nazarboyevdan o‘ch olishga va’da bergan. Shu maqsadda 2017 yilda Qozog‘istonning hukmron elitasiga qarshi kurashish uchun “Qozog‘iston demokratik ittifoqi” harakatini tuzadi. Bunga javoban Qozog‘iston hukumati uni biznes sherigini o‘ldirishga buyruq berganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

13:59
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

18:22 / 08.08.2025
Qozog‘istonda birinchi AES qurilishi rasman boshlandi

13:40 / 06.08.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara o‘tkazish punktlarida "yashil" yo‘laklar tashkil etiladi

09:48 / 06.08.2025