Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri o‘zgardi

Foto: IIV axborot xizmati
Polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabar berdi.
Amanbay Orinbayev 2020 yil fevralidan buyon IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Aytbay Temirxanov Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan. Hozirda uning qaysi lavozimga o‘tgani haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025