Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Qayd etilishicha, 3 aprel kuni soat 13:00 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan M.K. tirkama ulangan Mercedes-Benz rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, yo‘lning 197-kilometriga yetgan vaqtda, xavfli burilish joyida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk avtomobili va tirkama ag‘darilgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilib, YTH oqibatlari bartaraf etilgan.
Ushbu YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Avvalroq, Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

16:14 / 11.04.2025
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”

13:49 / 02.04.2025
Qamchiqda Hyundai miniveni xandaqqa quladi

21:37 / 07.03.2025