Toshkent tumanida Lacetti avtomobili kanalga tushib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati
Haydovchining ehtiyotsizligi sabab Lacetti rusumli avtomobil "Zaxariq" kanaliga tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 11:22 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani FV bo‘limiga Ko‘kterak mahallasidan oqib o‘tuvchi "Zaxariq" kanaliga haydovchining ehtiyotsizligi sabab Lacetti rusumli avtomobil tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga qutqaruvchilar yetib borishgan. Maxsus texnikalar va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Avvalroq, Kamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

08:26 / 16.04.2025