Mashinasida Sirdaryo daryosidagi orolchaga o‘tib qaytolmay qolgan fuqaro qutqarildi

Toshkent viloyatida daryo o‘rtasida mashinasi bilan qolib ketgan fuqaro qutqarildi.
FVV xabar qilishicha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Sirdaryo daryosidagi orolchada avtomashinasi bilan qolib ketgan fuqarodan xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, bir fuqaro o‘z avtomobilida hordiq chiqarish maqsadida Sirdaryo daryosiga borib, daryo sathi past bo‘lgani sababli mashinasida orolchaga o‘tgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib, suv sathi to‘satdan ko‘tarilib ketgani bois daryodan chiqa olmay qolgan.
Voqea joyiga jalb qilingan Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan maxsus texnika yordamida avtomashina xavfsiz joyga olib chiqildi.
Mavzuga oid

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar va FVV akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi

13:28 / 09.03.2025