“Rossiya butun dunyoni garovga olmoqda” – Germaniya tashqi ishlar vaziri
Annalena Berbokning ta’kidlashicha, Moskva "ongli ravishda ocharchilikdan qurol sifatida foydalanmoqda".

Foto: DPA
Rossiya "butun dunyoni garovga olmoqda", dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xalqaro oziq-ovqat konferensiyasi ochilishi oldidan.
U yana bir bor Moskva "ongli ravishda ocharchilikdan qurol sifatida foydalanayotgani"ni ta’kidladi.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 345 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda. Oziq-ovqat inqirozi "xatarli to‘lqin"ga aylanmoqda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi esa "bu to‘lqinni sunamiga aylantirmoqda".
Uning ta’kidlashicha, Rossiya oziq-ovqat narxlari keskin o‘sishida aybni boshqalarga ag‘darishga urinmoqda.
"Muammoni yechishning yangi yo‘llarini topish, xususan, Ukrainadan quruqlik va daryolar orqali oziq-ovqat eksportini jadallashtirish kerak", - dedi Annalena Berbok.
Berbokning ma’lumot berishicha, xalqaro oziq-ovqat konferensiyasida 40dan ortiq davlat vazirlari, BMT, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Konferensiya 26-28 iyun kunlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

15:42 / 16.06.2025
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak

11:21 / 14.06.2025
JSST Sudandagi bolalar uchun ocharchilik tahdidi haqida ogohlantirdi

15:20 / 13.06.2025
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uchun 60 minggacha qo‘shimcha askar kerak bo‘ladi

12:15 / 13.06.2025