Repetitorlik narxi bir oyda necha foizga oshgani ma’lum bo‘ldi
Repetitorlik narxlari bir oyda o‘rtacha 0,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yil iyul oyida repetitorlik narxlari iyun oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,3 foizga oshgan.
Repetitorlik narxlari respublikada o‘rtacha 0,3 foizga oshishiga Namangan (1,2 foiz) va Xorazm (4,4 foiz) viloyatlaridagi narxlar o‘zgarishi eng yuqori darajada ta’sir qildi.
Qayd etilishicha, repetitorlik narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,1 foizga oshgani kuzatilgan.
Repetitorlik narxlari o‘tgan yil mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 9,6 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Mavzuga oid

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

11:53 / 11.04.2025
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

08:20 / 07.04.2025
So‘nggi 5 yilda narxi eng kam pastlagan likvid avtomobillar sanaldi

12:42 / 18.03.2025