Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Yanukovich va uning o‘g‘liga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning o‘g‘li Aleksandrga Ukraina «hududiy yaxlitligiga putur yetkazish yoki unga tahdid solishdagi roli» uchun cheklov choralari qo‘llanildi, deya xabar berdi YeI kengashi.

Foto: TASS
Yevropa ittifoqi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning o‘g‘li Aleksandrga qarshi «RFning Ukrainaga qarshi davom etayotgan asossiz harbiy agressiyasiga javoban» yangi sanksiyalar kiritdi. Tegishli huquqiy hujjatlar 4 avgust, payshanba kuni YeI rasmiy jurnalida chop etildi.
YeI kengashi Yanukovich va uning o‘g‘lini «Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga, mamlakat barqarorligi va xavfsizligiga putur yetkazish yoki unga tahdid solishdagi roli uchun» cheklov choralari qo‘llaniladigan shaxslar, tashkilotlar va organlar ro‘yxatiga qo‘shdi. Bundan tashqari Aleksandr Viktorovich Yanukovich «Donbassdagi ayirmachi guruhlar bilan bitimlar amalga oshirgani uchun» sanksiyaga duchor bo‘ldi, deyiladi bayonotda.
Hujjatda qayd etilishicha, Viktor Yanukovich 2010-2014 yillarda Ukraina prezidenti bo‘lib, «rossiyaparast siyosat» olib borgan, hokimiyatdan chetlashtirilgach esa Rossiyaga ko‘chib o‘tgan u yerdan «Ukrainani beqarorlashtirishga qaratilgan faoliyatini davom ettirgan». Aleksandr Yanukovich, YeI ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan Donbass hududida tijorat faoliyatini, xususan, energetika, ko‘mir, qurilish, bank va ko‘chmas mulk sohalarida olib boradi hamda «rusparast ayirmachilar bilan yaqin aloqalarga ega».
Avvalroq Yanukovich va uning o‘g‘li Ukraina davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish ayblovlari bo‘yicha YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 31.07.2025
Tramp Rossiyadan qurol va neft xarid qiluvchi Hindistonga «jarima soldi»

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

20:36 / 30.07.2025
Kreml Rossiya Trampning sanksiyalaridan qo‘rqmasligini bildirmoqda

12:19 / 23.07.2025