Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Rossiya Baxmutga hujum qilmoqda, Xarkivda yangi qabrlar. Urush suratlari
Sergey Shoygu Ukraina hukumati «iflos bomba» orqali provokatsiya tayyorlayotgani haqida aytdi. Ukraina, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya TIV «iflos bomba» haqidagi xabar yolg‘onligini ma’lum qildi. Donetsk oblastida rossiyalik eng taniqli harbiy muxbirlardan biri, WarGonzo loyihasi asoschisi Semyon Pegov yaralandi. Annexia qilingan Xersonda hududiy mudofaa otryadlari tuzildi. Baxmutda doimiy otishmalar davom etmoqda, Rossiya Mikolayiv va Xarkiv oblastidagi aholi yashash manzillariga raketa zarbalari yo‘llamoqda.
Quyida 23 oktyabr, urushning 242-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Baxmut
Baxmut o‘qqa tutilgach chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan aholi. Donetsk oblastidagi ushbu shahar uchun bir necha oydan buyon janglar davom etmoqda — shahar muntazam ravishda zarbalar ostida yashamoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETABaxmutdagi yong‘in ro‘paradagi binoning butun derazasida aks etishi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETABaxmutda avtomat ko‘tarib turgan ukrain askari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETABaxmutdagi ukrain askarlari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAYuk ortilgan velosipedini surib ketayotgan ayol, Baxmut atrofi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk
Donetsk markaziy bozoridagi harbiylar. Annexia qilingan «DXR» hukumati oktyabr oyi o‘rtalarida shahar ma’muriyati binosi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan HIMARS raketalari bilan o‘qqa tutilganini ma’lum qilgandi.
Valeriy Sharifulin / TASSDonetsk oblast klinik travmatologiya shifoxonasiga olib kelingan yarador
Valeriy Sharifulin / TASSDonetskdagi Artyom ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlash jarayoni
Valeriy Sharifulin / TASSDonetskdagi supermarket oldida o‘tirgan qariyalar
Valeriy Sharifulin / TASS
Xarkiv va atrofidagi hududlar
Ruslan Burmenko akasi Roman Burmenko qabri oldida. Roman 31 yoshida, Baxmutdagi janglar vaqtida yaradorlarga yordam berayotganida halok bo‘lgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETAXarkiv shahrining Severnaya Saltovka rayonidagi ko‘p qavatli uy pod’yezdini ta’mirlayotgan ishchilar. 21 oktyabr kuni Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Rossiya armiyasining shahar bo‘ylab bergan zarbalari oqibatida besh kishi yaralangani, shuningdek sanoat infratuzilmasi obektlari shikastlanganini xabar qildi. 22 oktyabr kuni RF mudofaa vazirligi shaharda kemalarga qarshi «Neptun» raketalari ishlab chiqarilgan «Kommunar» zavodi sexi nishonga olinganini ma’lum qildi
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETAXarkiv oblastining Kupyansk shahri yaqinidagi Petropavlovka qishlog‘ida vayron bo‘lgan shifoxona polida yotgan rossiyalik askar jasadi
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETAXarkiv oblasti Kamenka qishlog‘ida yo‘q qilingan rus tanki atrofidagi snaryadlardan hosil bo‘lgan o‘ra. Kamenka sentabr oyida ukrain harbiylarining muvaffaqiyatli qarshi hujumi natijasida ozod etilgan Izyum atrofida joylashgan
Carl Court / Getty Images
Mikolayiv
Mikolayivga 23 oktyabr kuni yo‘llangan zarbalar oqibatlarini ko‘zdan kechirayotgan kishilar. Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko xabar qilishicha, shahar tunda S-300 zenit-raketa kompleksidan o‘qqa tutilgan. Qurbonlar yo‘q.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Mikolayiv raketalar bilan o‘qqa tutilishidan keyin ko‘chada yig‘layotgan keksa yoshli ayol
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETAOdamlar Mikolayiv 23 oktyabr kuni o‘qqa tutilishidan keyingi oqibatlarni bartaraf etishmoqda.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETAMikolayivlik ayol Rossiya tomonidan yo‘llangan raketa zarbasidan jabrlangan turar joy binosi hovlisida.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA15 yoshli Taisiya Kovaleva Mikolayivdagi uy hovlisida rossiyaliklar raketasi kelib tushgan bolalar maydonchasidagi vayrongarchiliklar orasida. «Bu hovlida butun bolaligimni o‘tkazganman. Men doim bu arg‘imchoqda uchganman», — deydi Taisiya.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETAMikolayivlik kishi rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan kvartirasini ko‘zdan kechirmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA