Jahon | 12:17 / 18.11.2022
8707
1 daqiqa o‘qiladi
Sokin va qaynoq Parij! (Fotoreportaj)
Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan bu davlatda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Tashrif doirasida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Kun.uz bu muhim sana oldidan Parijdan fotoreportaj tayyorladi.
- Parij ko‘chalarida ajib sokinlikni kuzatish mumkin. 2,2 mln dan ortiq aholiga ega bu shaharda tarix va zamonaviylik uyg‘unlashib ketgan.
- Fransiya poytaxtini bemalol velosipedlar va mototsikllar shahri desa bo‘ladi.
- O‘zbekistonlik jurnalistlar e’tiborini anhorga arqonga bog‘liq magnit otayotgan yoshlar tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘ngillilar oyda bir kun yig‘ilib, anhorni turli temir tersaklardan tozalashar ekan. Shu kuni eng katta “o‘lja” temir panjara va eski velosiped bo‘ldi.
- Parijning ramzlaridan biri bu Sena daryosi.
- Albatta, Fransiyaning eng asosiy timsoli bu Eyfel minorasi. Butun dunyodan kelgan sayyohlar bu qadimiy minora sari oshiqadilar.
Abror Zohidov, Parij
Mavzuga oid

12:15
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi

16:46 / 13.05.2025
Jyerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025