Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermerning noqonuniy olib qo‘yilgan traktori qaytarib berildi
Qariyb 1 mlrd so‘mga kreditga olingan hamda MIB tomonidan 35 mln so‘mlik qarzdorlik uchun noqonuniy ravishda xatlangan qashqadaryolik fermerning traktori Kun.uz surishtiruvidan so‘ng egasiga qaytarildi.
2022 yil 17 noyabr kuni Kun.uz saytida Qashqadaryoda fermerlarning oqarayotgan kosasiga chang solinayotgani bilan bog‘liq surishtiruv e’lon qilingandi. Biznes ombudsman axborot xizmati ushbu surishtiruv o‘rganilib, MIBning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Maqolada “Samandar Nur” fermer xo‘jaligiga qarashli qariyb 1 mlrd so‘mlik texnika olib ketilgani, texnika bank kredit mablag‘iga olingani, hali to‘laligicha fermerning ixtiyoriga o‘tmagani ta’kidlangandi.
Biznes ombudsmanga ko‘ra, MIB Nishon tumani bo‘limi tomonidan qarzdor ijro ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi qarorlar bilan tanishtirilmagan. Fermerning kredit majburiyati uchun garovda turgan Arion-630c rusumli haydov traktori xatlanib, taqiq qo‘yilgan holda vaqtincha saqlash uchun xususiy korxonaga topshirilgan.
Vaholanki, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga ko‘ra, davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan 15 kun muddat belgilaydi va qarzdorni mazkur muddat tugaganidan keyin ijro hujjatidagi talablar undan ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar, shuningdek ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Bundan tashqari, 35 053 979 so‘mlik qarzdorlik uchun undiruv nomutanosib miqdordagi mulkka, ya’ni 977 500 000 so‘m kredit mablag‘iga sotib olingan traktorga qaratilgan. Qolaversa, fermer xo‘jaligiga tegishli traktor garov shartnomasiga ko‘ra taqiq qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan, MIB tomonidan xatlangan.
Shunga ko‘ra, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes ombudsman) tomonidan Majburiy ijro byurosi direktori X.Kabirjanovga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomada aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, undiruvni belgilangan talablar asosida fermer xo‘jaligining boshqa mol-mulkiga qaratgan holda Arion-630c rusumli haydov traktorini taqiqdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish so‘ralgan.
Shuningdek, A.Boltayev tomonidan davlat ijrochilarining harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topishga oid Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan ariza yuzasidan bo‘lgan sud majlislarida Vakil devoni xodimlari ishtirok etib, fermer xo‘jaligining huquqlari himoya qilingan.
Natijada, 2022 yilning 7 dekabr kuni traktor xatlovdan chiqarilib, A.Boltayevga topshirilgan va uning buzilgan huquqlari tiklangan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

23:58 / 05.08.2025
Ko‘kdala tumanida yana gaz to‘ldirish shoxobchasi portladi

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025