20 yoshli eronlik dunyodagi eng pakana odam deb topildi
Uning bo‘yi atigi 64 santimetr.

Foto: Ginness rekordlar kitobi
20 yoshli eronlik yigit dunyodagi eng pakana odam sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Erkakning bo‘yi 64 santimetrga teng.
Rekord muallifi Afshin Ismoil Qodirzoda hisoblanadi. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘il tug‘ilganda vazni atigi 600 gramm bo‘lgan. Shifokorlarning noxush bashoratiga qaramay, bola yashab ketgan.
Yigit o‘zining bo‘yi pakana ekanidan aslo siqilmaydi.
«Dunyodagi eng baland odam kimligini bilaman. Men uning kaftiga sig‘ardim», deb hazillashadi Qodirzoda.
Afshin jismoniy xususiyatlari tufayli ish topishda qiynalayotganidan shikoyat qiladi, ammo erishgan shuhrati oilasini moddiy jihatdan ta’minlashga yordam beradi degan umidda.
«Orzum - ota-onamga yordam berish. Balki, dunyo miqyosidagi e’tirof orzumni ro‘yobga chiqarishga yordam berar», deydi u.
Mavzuga oid

10:34 / 28.04.2025
Eron portdagi portlashga raketa yonilg‘isi aloqadorligini rad etdi

08:05 / 28.04.2025
Eronda portdagi portlashdan keyin milliy motam e’lon qilindi

18:15 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

15:24 / 27.04.2025