Navoiyda kuchli shamol 43 ta simyog‘ochni qulatdi
4 ta mahalladagi 550 ta xonadon bir sutka davomida elektr energiyasiz qolgan. Hozirda holat to‘liq bartaraf etilgani aytilmoqda.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
3 yanvar kuni kechga yaqin Nurota tumanida kuzatilgan kuchli shamol hududdagi 3 ta mahalla bir sutka davomida elektr energiyasiz qolishiga sabab bo‘ldi. Shamol oqibatida tumanning Sentob, Kattasoy va Kichiksoy mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVli “Sentob” havo elektr uzatish tarmog‘idagi 43 ta tayanch qulagan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati rahbari Bakitbek Kizilbayevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holatni bartaraf etish uchun 35 nafar mutaxassis xodimlardan iborat 8 ta guruh tuzilgan, 12 ta maxsus texnika, 3 ta yamabur va 3 ta temir beton tayanch tashuvchi yuk mashinalari jalb etilgan.
“Kuchli shamol bitta simyog‘ochni qulatgan, u esa qolganlarini tortib ketgan. Qulagan tayanchlarning aksariyat qismi oraliq tayanchlar bo‘lib, ularga tirgak sifatida qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatildi”, — deya holatga izoh berdi Bakitbek Kizilbayev.
Hozirda holat to‘liq bartaraf etilgan va mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti tiklangan.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
Jamiyat | 16:15
-
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi
Jahon | 15:58
-
«Qamoqxonalar qamoqxonasi». Tramp qayta tiklamoqchi bo‘lgan Alkatras haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 15:58
-
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

21:31 / 11.04.2025
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

12:31 / 03.03.2025