AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi
Endi u o‘limga yoki umrbod qamoqqa mahkum qilinishi mumkin.

Foto: nypost.com
2017 yilda Nyu-Yorkda Hellouin bayrami munosabati bilan hujum uyushtirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov sudda aybdor deb topildi va endi o‘lim yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deb xabar berdi «Amerika Ovozi». Uning qilmishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan edi.
2017 yil 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi mashhur velosiped yo‘lagida yuk mashinasini odamlar ustiga haydagan Soipov 28 ta jinoyatda aybdor deb topildi. Prokuratura uning «Islomiy davlat» terrorchilaridan ilhomlanib, odamlarni o‘ldirishga qaror qilganini aytdi.
Endi Soipovni qatl etish yoki qolgan kunlarini qamoqda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror 6 fevral kuni e’lon etiladi.
Agar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Soipov o‘lim jazosiga hukm qilinsa, bu so‘nggi 60 yil ichida birinchi marta shunday hukm bo‘lishi mumkin. Nyu-York shtatida o‘lim jazosi uzoq vaqtdan beri qo‘llanmagan, oxirgi marta ayblanuvchi 1963 yilda qatl etilgan.
Qayd qilinishicha, Soipov Nyu-Jyersida yuk mashinasini ijaraga olgan, uni Hadson daryosi bo‘yidagi yo‘l bo‘ylab boshqargan va Jahon Savdo Markazi yaqinida maktab avtobusiga borib urilishdan oldin bir nechta velosipedchilarni bosib ketgan. Shundan so‘ng u qo‘lida ov miltig‘i va peyntbol to‘pponchasi bilan yuk mashinasidan tushgan. Shunda politsiya uni o‘qotar qurollar bilan taslim qilgan.
Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar og‘ir jarohat oldi, jumladan, bir ayol ikki oyog‘idan ajraldi.
Soipov 2010 yilda O‘zbekistondan qonuniy ravishda AQShga ko‘chib o‘tgan va Ohayo, Florida va Nyu-Jyersida yashagan.
Mavzuga oid

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

18:55 / 30.04.2025
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi

18:45 / 30.04.2025
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi

18:44 / 30.04.2025