Xalqaro xokkey federatsiyasining sobiq prezidenti Rossiya fuqaroligini oldi
Shuningdek, u Rossiyada olma yetishtirish bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi.

Foto: Global Look Press
Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) sobiq prezidenti, shveysariyalik Rene Fazel Rossiya pasporti egasiga aylandi. Fuqarolik bilan birga Fazel Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida olma yetishtiruvchi «Alma Holding» kompaniyasi 54 foiz ulushini ham sotib oldi. Qolgan 46 foizi Gennadiy Timchenkoga tegishli. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Fazel 1994–2021 yillarda IIHF prezidenti bo‘lgan. 2022 yil yanvarida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Rossiya soliq reyestriga kiritilgan.
2021 yil may oyida Fazel xokkey bo‘yicha jahon chempionati Belarusdan ko‘chirilgani sababli Aleksandr Lukashenkoni qo‘llab-quvvatladi. Chempionat Belarusdagi prezidentlik saylovi soxtalashtirilgani va undan keyingi ommaviy norozilik namoyishlari oqibatida boshqa davlatga ko‘chirilgan edi.
So‘ngra Fazel Belarusdagi saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni «ahmoqona» deb atadi va chempionatning ko‘chirilishini «bosim ostida» amalga oshirilganini ta’kidlab, buning «juda yomon» ekanligini ta’kidladi.
«Finlandiya, Norvegiya, Daniya va Shvetsiya kabi shimoliy davlatlar siyosiy bosim ostida, menimcha, bu juda yomon. Ammo oxir-oqibat hamma narsani homiylar o‘zgartirib yubordi. Agar oxirida homiy kelib: «Agar Belarusga borsangiz, biz qatnashmaymiz», desa, nima ham qilishimiz mumkin?» degan edi Fazel. U turnirning bosh homiysi Škoda kompaniyasini nazarda tutganini tasdiqlagan edi.
Mavzuga oid

11:31 / 26.04.2025
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41 / 26.04.2025
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025