Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahri YHXB axborot xizmati
Toshkent shahri Olmazor tumanida 13 mart kuni to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, hodisa Ahmad Donish ko‘chasida soat 18:00 da sodir bo‘lgan. Epica, 2 ta Cobalt va Matiz avtomobillari to‘qnashib ketgan.
Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra:
- davlat raqam belgisi 01 C 659 ZB bo‘lgan Epica;
- davlat raqam belgisi 10 Q 544 MA bo‘lgan Cobalt;
- davlat raqam belgisi 01 E 837 RB bo‘lgan Matiz;
- davlat raqam belgisi 10 Q 042 BB bo‘lgan Cobalt ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Epica hamda Matiz avtomashinasi haydovchi va yo‘lovchilari tan jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:00 / 05.06.2025
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi

08:00 / 05.06.2025
Olmazor tumanida 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

15:08 / 04.06.2025
Toshkentda Nexia xavfsizlik orolchasidagi piyodani urib yubordi

22:28 / 03.06.2025