Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan 1 tonna go‘sht yo‘q qilindi
Ushbu go‘sht laboratoriya xulosasiga ko‘ra iste’molga yaroqsiz, deb topilgan va yoqib yuborilgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB
Navoiy viloyatida epizootik va epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 14 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht mahsuloti aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, Karmana tumanidagi «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Qorako‘l tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro U.B. boshqaruvidagi Gazel yuk mashinasi ko‘zdan kechirilgan. Mashina yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli bo‘lgan 1000 kg go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Ushbu go‘sht mahsulotlari Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgan hamda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025