Sinoptiklar may oyida ob-havo qanday bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berdi
May oyi - bahor faslining oxirgi oyi. May oyida havo haroratining barqaror o‘sishi davom etadi. Iqlim xususiyatlariga ko‘ra (ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha qiymatlar), may odatda havo iliq bo‘ladi, aprel oyiga nisbatan o‘rtacha +4...+6 darajaga iliqroqdir.

Foto: Kun.uz
Hududning katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat +24...+27 darajani, ikkinchi yarmida esa +28...+31 darajani tashkil etadi. May oyida yoz faslidagi kabi harorat +35...+37 darajagacha bo‘lgan issiq kunlar ham kuzatiladi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyining mutlaq maksimumi +39...+41 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43...+45 darajani tashkil etadi.
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.
1 may kuni havo harorati +30...+33 daraja atrofida bo‘ladi. So‘ngra, hafta davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi +23...+28 darajani tashkil etadi, o‘n kunlikning eng oxirida esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari +10...+13 darajadan +17...+20 darajagacha, kunduz kunlari +22...+25 darajadan +32...+35 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
1 maydan 10 maygacha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 4 may kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda, 6-7 may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Mavzuga oid

16:47 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda

19:19 / 09.06.2025
Bu yilgi may oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi - «O‘zgidromet»

22:10 / 05.06.2025
To‘qqizta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

20:03 / 30.05.2025