Zelenskiy g‘arb qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishiga umid qilmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Fransiya ittifoqchilarning “Ukraina uzoq vaqtdan beri kutayotgan “qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi”ni tuzish bo‘yicha prinsipial qo‘shma qarorini qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

Foto: president.gov.ua
Bu haqda Ukraina prezidenti saytida chop etilgan ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi haqidagi xabarda aytiladi.
Yevropada tinchlik Kiyevga qurol yetkazib berish tezligiga bog‘liq, degandi avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning uzoq muddatli xavfsizligiga yo‘naltirilgan eng yaxshi sarmoya Ukrainani zamonaviy jangovar samolyotlar bilan ta’minlash bo‘ladi va bu haqda imkon qadar tezroq qaror qabul qilish kerak.
"Ukraina nega G‘arb tipidagi zamonaviy jangovar samolyotlarni ololmasligi haqida hech qanday mantiqiy dalillar yo‘q va mening bu qaror qabul qilinishiga ishonchim komil. Ukraina Yevropaning himoyachisi hisoblanadi", - deya ta’kidladi u.
Mavzuga oid

13:10
Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi

21:38 / 13.05.2025
«U men bilan muzokaradan qo‘rqadi» - Zelenskiy Turkiyaga borishi va u yerda Putinni kutishini ma’lum qildi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

20:49 / 13.05.2025