Toshkentda harakatlanib ketayotgan «Lasetti»da yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida «Lasetti» avtomobili yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 24 may kuni soat 21:51 da Toshkent shahar Yangihayot tumani «Olchazor» MFY Qipchoq ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar tuman FVB bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in avtomobilning elektr simlaridagi qisqa tutashuvi sababli sodir bo‘lganligi taxmin qilingan. Yong‘in natijada avtomobilning motor qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025