Surxondaryoda Lacetti daryoga tushib ketdi
Haydovchining sog‘ligi yomonlashib, vafot etgan va shundan keyin mashina yo‘ldan chiqib ketgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati
24 iyun kuni soat 12:30 atrofida Surxondaryo viloyatida Lacetti daryoga quladi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berishicha, Hisorak-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlangan mashina boshqaruvni yo‘qotgan va To‘palang daryosiga tushib ketgan.
Haydovchi vafot etgan, yo‘lovchi yengil tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
29 yoshli haydovchining sog‘ligi mashina daryoga qulashidan oldin yomonlashgan va u jon bergan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, marhumda yurak ishemik kasalligi ehtimoli yuqori bo‘lgan.
Mavzuga oid

08:06
Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

13:41 / 06.05.2025
Farg‘onada Nexia 3 va Tico to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi

11:11 / 06.05.2025