Namangandagi uy bog‘chasida 15 nafar bola tortdan zaharlandi
Shifoxonada bolalarga zarur muolajalar ko‘rsatilgani, ularning ahvoli yaxshilangani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
2023 yil 25 iyul kuni Namangan viloyati, Uychi tumanidagi «Gulshan» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 15 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlangan.
Qayd qilinishicha, bolalar sifati tez buziluvchi mahsulotni iste’mol qilishi oqibatida oshqozon-ichak faoliyati funksiyasi buzilishi, ovqat toksikoinfeksiyasida gumonlanib, tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklari bo‘limiga yotqizilgan.
O‘rganish natijasida muassasa tarbiyalanuvchisi ota-onasi farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan sifatsiz tort shirinligi olib kelgani va tarbiyachi uni «o‘zboshimchalik bilan bolalarga bergani» aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, shifoxonada bolalarga zarur muolajalar ko‘rsatilgan. O‘sha kuni 13 nafar bola ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ketishi uchun ruxsat berilgan. 2 nafar bolaga esa 26 iyul kuni, butunlay sog‘ayganidan keyin javob berilgan. Hozirda bolalarning hammasi o‘zini sog‘lom his qilib, «Gulshan» oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qaytgani aytilmoqda.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ullariga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni olib kirmaslik, tarbiyalanuvchilarga turli gazli ichimliklarni ichirmaslik, unli oziq-ovqat mahsulotlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ogohlantirilgani va tushuntirish ishlari to‘liq olib borilganini bildirgan.
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025