Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrosubsidiya olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Agrosubsidiya agrar va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratiladi. Buning uchun agrosubsidiya ajratishni tartibga soluvchi ishchi guruhga ariza bilan murojaat qilinadi.
Ishchi guruh arizaga muvofiq agrosubsidiyaning tegishli turi bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlarni (mahsulotlarni) joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi hamda agrosubsidiyani ajratish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Vakolatli davlat organi ishchi guruh xulosasini o‘rganib chiqib, xulosa kelib tushgandan boshlab 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi sub’yektga subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi to‘g‘risida javob xati yuboradi.
So‘ng vakolatli davlat organlari tomonidan 3 ish kunida agrosubsidiya oluvchi sub’yektga subsidiya ajratish bo‘yicha to‘lov hujjatlari G‘aznachilik xizmati qo‘mitasiga jo‘natiladi.
G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi to‘lov hujjatlarini olgach 1 ish kunida tegishli subsidiya summasini agrosubsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Mavzuga oid

21:29 / 07.08.2025
Yarim yillik davlat budjeti: asosiy raqamlar

13:56 / 06.08.2025
Fuqarolar davlatga qariyb 63,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini sotdi

08:00 / 06.08.2025
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi?

08:42 / 31.07.2025