Ohangaronda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi
Ohangaron tumanida Matiz o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi yuk mashinasining orqa qismiga urildi.

Foto: YHXB
14 avgust kuni soat 07:00 lar atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Matiz va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Viloyat YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tuman hududidan kesib o‘tuvchi Olmaliq-Toshkent avtomobil yo‘lining 25-kilometrida 31 yoshli haydovchi K.X. Matiz mashinasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan, 47 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Sinoturk yuk avtomobilining orqa qismiga urilgan.
Oqibatda Matiz haydovchisi olgan jarohatlari sababli vafot etgan. Holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025