Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidenti Bayden «yangi dunyo tartibi»ni o‘rnatishga chaqirdi
Avvalroq u AQSh yangi dunyo tartibini boshqarishi va «erkin dunyo»ni birlashtirishi kerakligini aytgan edi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi saylovoldi yig‘ilishida insoniyat «yangi dunyo tartibi»ga muhtojligini aytdi. Uning nutqi Oq uy veb-saytida keltirilgan.
«O‘ylaymanki, agar biz yetarli tarzda jasur bo‘lsak va o‘z kuchimizga ishonsak, dunyoni birlashtirish uchun nimadir qilish imkoniga egamiz. Biz urushdan keyingi davrda 50 yil yashadik va hamma narsa juda yaxshi ketayotgan edi, lekin bu vaqt o‘tdi. Yangi... yangi dunyo tartibi kerak.
Biz tarixning burilish nuqtasida turibmiz, demak, yaqin to‘rt-besh yil ichida qabul qiladigan qarorlarimiz keyingi qirq-ellik yil qanday bo‘lishini belgilab beradi», dedi Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «tinchlik istiqbolini buzmaydi, balki kuchaytiradi».
Bayden yangi dunyo tartibi zarurligi haqida avval ham gapirgan. 2022 yil mart oyida u AQSh yangi dunyo tartibini boshqarishi va «erkin dunyo»ni birlashtirishi kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid

00:32
Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda – NYT

23:37 / 06.08.2025
Endi Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘proq moyil ko‘rinmoqda – Zelenskiy

22:50 / 06.08.2025
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi

21:33 / 06.08.2025