Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Institut rektori viloyat hokimiga yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Komiljon Sobirovich Komilov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Komiljon Komilov 1980 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini hamda 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim sohasida bir qancha rahbar lavozimlarida, xususan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori bo‘lib ishlagan. 2020 yil yozida ushbu filial negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti tuzilgan, 2021 yil fevralida Komilov unda rektor sifatida ishlay boshlagan.
2022 yil fevralidan buyon Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Nasibullo Mo‘minov Asaka tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid

14:48 / 26.07.2025
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, Antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025