Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashib ketdi
Jarohatlanganlar yo‘q, avtobuslar shikastlangan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar Yunusobod tumanida Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 25 noyabr kuni soat 13:10 larda, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi Shahriston metro bekatida sodir bo‘lgan. «8-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 51-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi elektrobus hamda «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi King Long rusumli 2M-sonli haydovchi R.A boshqaruvidagi avtobus to‘qnashgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasida ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgani haqida shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati hamda «Idoralararo tezkor shtab» ishchi guruhi mas’ul xodimlari hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqib, yo‘l-transport hodisasi kelib chiqish sabablari o‘rganilgan va boshqaruv raisi o‘rinbosari boshchiligida hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Hozirda ushbu YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025