Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:54 / 08.12.2023
10565
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslar parvozi kechiktirildi
Xususan, Toshkentdan Madinaga uchadigan reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslarning parvoz vaqti kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Kechiktirilgan reyslar bo‘yicha ma’lumot:
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9829 (Namangan – Yekaterinburg) reysining uchishi Toshkent vaqti bilan soat 14:00 ga qoldirildi;
- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9807 (Namangan – Nijnevartovsk) reysining uchishi Toshkent vaqti bilan soat 22:30 ga qoldirildi;
- Flynas aviakompaniyasining XY699 (Jidda - O‘sh) reysi manzil aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkentdagi muqobil aerodromga qo‘ndi;
- Panorama Airways aviakompaniyasining 5P361 (Toshkent – Madina) reysining uchishi texnik sabablarga ko‘ra Toshkent vaqti bilan soat 14:00 ga qoldirildi.
Bundan oldin quyuq tuman O‘zbekistondagi bir qator aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:19 / 01.08.2025
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

21:44 / 26.06.2025